Oʻzbek dublayj sanʼati ogʻir judolikka uchradi

14:48 04 Dekabr 2021 Jamiyat
594 0

Bugun, 4-dekabr kuni taniqli dublyaj aktyori Sanjar Saʼdullayev vafot etdi. Bu haqda marhumga yaqin manbalar xabar berdi.

Maʼlumot uchun, Sanjar Saʼdullayev 1954-yilning 10-iyul sanasida Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent drama va sanʼat institutining drama va kino aktyorligi boʻlimida tahsil olgan.

Shuningdek, Sanjar Saʼdullayev bugunga qadar 1000 dan ortiq filmlarga ovoz bergan. “Qashqirlar makoni”, “Qish sonatasi”, “Ichkarida”, “Sevgi iztirobi”, “Soʻyla Qoradengiz” kabi bir qator mashhur serial va badiiy filmlar orqali tomoshabinlar eʼtiborini qozongan.

Eslatib oʻtamiz, Sanjar Saʼdullayev deyarli intervyu va ommaviy tadbirlarda qatnashmagani uchun sirli va kamtarin shaxs sifatida eʼtirof etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?