Oʻzbek adabiyoti va saʼnatining marhum fidoyilari mukofotlandi

“Mamlakatimizda madaniyat va sanʼat, adabiyot, ommaviy axborot vositalari sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshgan bir guruh marhum ijodkorlarni mukofotlash toʻgʻrisida” prezident farmoni eʼlon qilindi.
Hujjat bilan, oʻzining betakror va yorqin ijodiy faoliyati, milliy istiqlol gʻoyasiga sadoqati bilan Vatanimiz mustaqilligining maʼnaviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz madaniyatini yuksaltirish, jamiyat hayotida ezgulik va adolat, vatanparvarlik va bagʻrikenglik kabi qadriyatlarni qaror toptirish yoʻlida unutilmas xizmat qilib, avlodlarga qoldirgan boy merosi, sermazmun hayoti va ibratli insoniy fazilatlari bilan el-yurtimiz qalbidan chuqur joy egallagan quyidagi marhum ijodkorlar mukofotlandi:
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
Azizov Mirzajon Mamadjonovich – Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
Aminov Neʼmat – Oʻzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi
Asomov Obid Agzamovich – Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, badiiy soʻz ustasi
Ikramova Dildorxon (Dilbar Ikromova) – Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti, aktrisa
Karimov Ergash – Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
Qodirov Tavakkal – Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti, xonanda
Qurbonov Rahmatjon Xudarganovich – Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, xonanda
Masudov Fatxulla Husanovich – Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, aktyor
Mirtojiyev Jaloliddin Tursunovich – Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi, haykaltarosh
Nizomov Toʻlan (Toʻlan Nizom) – Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri
Rahimov Kamoliddin – Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti, xonanda
Rahmonov Shavkat Rahmonovich (Shavkat Rahmon) – Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoir
Tojiboyev Mahmudjon Gʻoziyevich – Oʻzbekiston Respublikasi xalq hofizi
Umarbekov Oʻlmas Rahimbekovich – Oʻzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi
Umarov Faxriddin – Oʻzbekiston Respublikasi xalq hofizi
Usnatdinov Sharap – Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq yozuvchisi
Xolmirzayev Shukur – Oʻzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi
Xudoyberdiyeva Halima Ummatqulovna – Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoirasi
Xudoyshukurov Otajon – Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti, xonanda
Sharipov Husan Ortiqovich – Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Abduvahobov Abduraim Abdullaxayevich – Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, aktyor
Boʻronov Ikromjon – Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, xonanda
Jabborov Jumaniyoz – Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri, dramaturg, tarjimon
Qodirjonova Dilnura – Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, maqom ijrochisi
Matchanov Amanbay (Omon Matjon) – Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri
Muxtorov Omon Sulaymonovich – Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, shoir, yozuvchi
Otajonov Ortiq – Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti, xonanda
Rahimov Mirzohid Sobitovich – Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti, suxandon
Rahmonov Muhammadi – Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoir
Tojiboyev Hojimurod Shodiyevich (Hojiboy Tojiboyev) – Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, badiiy soʻz ustasi
Oʻtbosarov Abdumoʻmin Abdumajitovich – Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti, suxandon
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring