“Oʻzavtosanoat”ning asosiy faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan 14 ta tashkilotdagi ulushi sotuvga qoʻyiladi

20:25 13 Yanvar 2021 Iqtisodiyot
384 0

Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-yanvar kuni mashinasozlik tarmogʻini transformatsiya qilish va sohada raqobatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazgani haqida xabar bergan edik.

Maʼlum qilinishicha, tarmoqda raqobat muhitini rivojlantirish uchun kompaniya tarkibidagi ehtiyot va butlovchi qismlar ishlab chiqaradigan 23 ta korxonani xususiylashtirishga tayyorlash lozimligi qayd etildi. “Oʻzavtosanoat”ning asosiy faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan 14 ta tashkilotdagi ulushlarini sotuvga chiqarish vazifasi yuklatildi.

Yigʻilishda qishloq xoʻjaligi mashinasozligini isloh qilish masalasi ham atroflicha muhokama etildi. Tarmoqda iqtisodiy samaradorlikni oshirish, resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha vazifalar belgindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?