O‘zaro tortishuvda samarqandlik fuqaro odam o‘ldirib qo‘ydi

13:11 14 Avgust 2022 Jamiyat
223 0

Foto: Illustrativ surat

Jizzax shahrida ishchilar oʻrtasida sodir boʻlgan janjal oʻlim bilan yakunlandi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, 8-avgust kuni soat 21:30 larda Zarbdor tumani Taraqqiyot mahallasi hamda Forish tumani “Bogʻdon” QFYda istiqomat qiluvchi 38 va 31 yoshli ikki fuqaro oʻzaro gaplashib turganda Samarqand viloyati Bulungʻur tumani Qangli qishlogʻida yashovchi 1966-yilda tugʻilgan fuqaro ularning suhbatiga kelib qoʻshilgan.

Zarbdorlik shaxs samarqandlik erkakning koʻylagi choʻntagidan hazillashib 50 ming soʻm pullarini olib qoʻygan vaqtida janjal kelib chiqqan. Nizo davomida bulungʻurlik shaxs sumkasida boʻlgan oshxona pichogʻi bilan ushbu ikki fuqaroga tan jarohati yetkazgan. Oqibatda Zarbdor tumanida yashovchi fuqaro koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan, tan jarohati olgan ikkinchi shaxs esa Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialining jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?