Ozarbayjonning Jahon chempionati uchun tarkibi maʼlum. Toshkentga Said Mollai keladi

09:10 20 Sentyabr 2022 Sport
567 0

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabariga koʻra, dzyudo boʻyicha Ozarbayjon terma jamoasi murabbiylar shtabi 6 — 13-oktyabr kunlari Toshkent shahri mezbonligida oʻtadigan kattalar oʻrtasidagi jahon chempionati uchun tarkibni eʼlon qilishdi.

Eʼtiborga molik jihati shundaki, eronlik dzyudochi, Olimpiada sovrindori, jahon chempioni Said Mollai Ozarbayjon terma jamoasi tarkibida Oʻzbekistonga keladi. 

Avvaliga Eron, keyin Moʻgʻuliston sharafini himoya qilgan Mollai endi Ozarbayjon libosida musobaqalarda ishtirok etyapti. U Moʻgʻuliston uchun Tokio Olimpiadasida kumush medalni taqdim etgan edi. Said shu yil Ozarbayjon safida Budapesht “Katta Dubulgʻa” hamda Zagreb Gran-pri turnirlarida kumush medalga sazovor boʻldi.

Terma jamoa tarkibi: Karamat Guseynov (60 kg), Orxan Safarov, Yashar Nadjafov (ikkisi ham - 66 kg), Rustam Orudjev, Hidayat Geydarov (ikkisi ham - 73 kg), Said Mollai (81 kg), Mamedali Mextiyev (90 kg), Zelim Kotsoyev (100 kg), Ushangi Kokauri (+100 kg), Leyla Aliyeva (48 kg), Gultaj Mamedaliyeva (52 kg).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?