Ozarbayjonda boʻlib oʻtadigan xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinadi

15:26 15 Mart 2023 Madaniyat
646 0

Foto: Arxiv surat

2023-yilning 4–6-aprel kunlari Ozarbayjonning poytaxti Boku shahrida “Azerbaijan International Travel and Tourism Fair” (AITF-2023) 19-xalqaro turizm yarmarkasi boʻlib oʻtadi.

Maʼlumot uchun, AITF Ozarbayjonning faol rivojlanayotgan turizm bozoridagi muhim voqelik boʻlib, har yili butun dunyodan koʻplab ishtirokchilarni birlashtiradi.

Oʻzbekiston Ozarbayjon xalqaro turizm yarmarkasida hamkor davlat sifatida ishtirok etmoqda. Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtiroki Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi hamda “Milliy PR-markazi” DUK tomonidan tashkil etilmoqda.

Taʼkidlash kerakki, koʻrgazma doirasida mamlakatimizning turizm salohiyati taqdimoti, madaniy dastur, xalq amaliy sanʼati va milliy taomlar namoyishi rejalashtirilgan.

Maʼlumot oʻrnida, Kavkaz mintaqasidagi yetakchi xalqaro tadbir ozarbayjonlik va xorijiy ekspertlar uchun mustahkam platforma hisoblanib, zamonaviy turizm bozorining umumiy manzarasini aks ettiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?