Ozarbayjon Ukrainaga insonparvarlik yordami uchun 1 million dollar ajratdi

17:07 06 Fevral 2025 Dunyo
238 0

Foto: www.president.gov.ua

Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev Ukrainaga insonparvarlik yordami koʻrsatish uchun mablagʻ ajratish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Ozarbayjon axborot agentligi xabar bermoqda.

Ukrainadagi soʻnggi vaziyatdan kelib chiqib, Ozarbayjon hukumati bir necha bor Ukraina xalqiga insonparvarlik yordami joʻnatgan.

Ozarbayjon va Ukraina oʻrtasidagi munosabatlar ikki tomonlama shartnomalar, jumladan, 2000-yil 16-martdagi “Ozarbayjon Respublikasi bilan Ukraina oʻrtasida doʻstlik, hamkorlik va sheriklik toʻgʻrisidagi shartnoma”, 2008-yil 22-maydagi “Ozarbayjon Respublikasi va Ukraina oʻrtasidagi doʻstlik va sheriklik toʻgʻrisidagi deklaratsiya”, 2022-yil 14-yanvardagi “Ozarbayjon va Ukraina Prezidentlarining Qoʻshma deklaratsiyasi” asosida rivojlanmoqda.

Oʻtgan yilning dekabr oyi oxirida Rossiya osmonida Ozarbayjon havo yoʻllariga tegishli samolyot shikastlanib, Qozogʻistonning Aqtau shahri yaqiniga qulagan. Havo kemasiga raketalar hujum qilgani haqida versiyalar ilgari surilgan edi. Rasmiy Boku talabiga koʻra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham ushbu holat uchun Ozarbayjon tomonidan uzr soʻragan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?