Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida shaxmat boʻyicha Jahon kubogi start oldi

22:12 30 Iyul 2023 Sport
485 0

Bokuda start olgan shaxmat boʻyicha Jahon kubogida Oʻzbekiston nomidan Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboyev, Shamsiddin Vohidov va Nilufar Yakubboyeva qatnashyapti.

Nodirbek Abdusattorov yuqori reytingi sababli toʻgʻridan-toʻgʻri 1/64 finalda ishtirok etadi.

Bugun Javohir Sindorov (oq) hamda Nodirbek Yakubboyev (qora) 1-oʻyinda gʻalaba qozongan boʻlsa, Shamsiddin Vohidov (oq) hamda Nilufar Yakubboyeva (qora) durang oʻynagan.

Eslatib oʻtish joizki, musobaqada yuqori uchta oʻrinni egallagan shaxmatchilar 2024-yilda oʻtadigan Jahon shaxmat toji uchun nomzodlar turniriga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер