Ozarbayjon bilan sanoat mulkini muhofaza qilishda hamkorlik qilinadi

09:36 07 Sentyabr 2022 Jamiyat
228 0

Illustrativ foto

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–369-son, 06.09.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston hamda Ozarbayjon Respublikasi Hukumatlari oʻrtasida sanoat mulkini muhofaza qilish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.

Mazkur Bitim 2022-yil 21-iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekistonning majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?