“Oʻzagrosugʻurta” AJning onlayn sugʻurta xizmatlari yana toʻrttaga koʻpaydi

11:27 07 Iyul 2023 Jamiyat
364 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Jamiyat tomonidan yana toʻrtta onlayn sugʻurta xizmatlari, xususan, aholi uy-joylarini sugʻurta qilish, vaksinatsiya (COVID-19) oqibatlaridan sugʻurta qilish, homilador ayollar va ularning homilasi (bolasi)ni sugʻurta qilish hamda bolalarni baxtsiz hodisalardan kompleks sugʻurta qilish xizmatlari yoʻlga qoʻyildi.

Bunda:

— Aholi uy-joylarini sugʻurta qilish – yongʻin, portlash, kuchli shamol, kuchli jala, koʻchki, toshqin, sel va boshqa ofatlar natijasida uy-joyga shikast yetganda;

— Vaksinatsiya (COVID-19) oqibatlaridan sugʻurta qilish – COVID-19 vaksinatsiyasi doirasida qabul qilingan, rasman hujjatlashtirilgan vaksinaning salbiy oqibatlari natijasida shaxsning toʻliq mehnat qobiliyatini yoʻqotganda yoki vafot etganda;

— Homilador ayollar va ularning homilasi (bolasi)ni sugʻurta qilish – 18 yoshga toʻlgan va 40 yoshdan oshmagan, muomala layoqatiga ega, ayolning oʻzi va homilasi (bolasi) salomatligi va hayotiga zarar yetganda;

— Bolalarni baxtsiz hodisalardan kompleks sugʻurta qilish – 18 yoshgacha boʻlgan bolalarning baxtsiz hodisalar, yuqumli kasalliklar bilan kasallanishi oqibatida sogʻligʻiga zarar yetganda yoki ushbu hodisalar natijasida vafot etganda sugʻurta badali toʻlab beriladi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер