Ovora boʻlasiz, bu provakatsiya! Kusherboyev uni Prezident oldida salbiy fonda koʻrsatishga urinishlar boʻlayotganiga ishora qildi

Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarni uzluksiz kuzatib borishga baʼzan vaqt yetmaydi, deya oʻzi haqidagi ayrim xabarlarga deputat Rasul Kusherboyev munosabat bildirdi.
"Shu sabab soʻnggi bir necha kunda (bu yil hisobidan toʻrtinchi yoki beshinchisi) “Facebook”, “Telegram”, “tik tok” kabi bir qator ijtimoiy tarmoqlardagi mening ham nomim ishlatilgan gʻalati soʻrov va videomontajlar yuzasidan kechroq boʻlsada yana bir bor quyidagilarni taʼkidlab oʻtmoqchiman.
Men Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan ijobiy islohotlar imkoniyatidan ruxlanib, qonunlarga ishonib ishlashga harakat qilayotgan shu yurtning bir fuqarosiman.
Prezidentning xalq farovonligini oshirish, mamlakatni har tomonlama rivojlantirish borasidagi tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlayman va bu jarayonda ishtirok etishni oʻz burchim, deb bilaman.
Hozirgi ishimdan boshqa yuqori joyda ishlash maqsadim yoʻq. Inson har qanday ishda ham odamlar va oʻzining roziligi uchun ishlay oladi.
Shu bois, insof yuzasidan meni mamlakat rahbariyati va Prezident oldida salbiy fonda koʻrsatishga asos boʻladigan harakatlarni qilmaslikka yoki atayin uyushtirmaslikka chaqiraman. Bilmay qilayotgan boʻlsangiz meni tinch qoʻying! Bilib qilayotgan boʻlsangiz ovora boʻlasiz, bu provakatsiya", deydi deputat.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring