Oʻttiz nafardan ortiq ISHID jangarisi Suriyadagi qamoqxonadan qochib ketdi

23:29 19 Iyun 2022 Dunyo
495 0

Arxiv surat

“Islom davlati” (“ISHID”) terrorchilik guruhining 30 nafardan ortiq jangarisi muxolifat Suriya demokratik kuchlari (SDK) nazoratidagi Rakka shahridagi qamoqxonadan qochib ketdi. Bu haqda nomi oshkor etilmagan manbalarga tayanib, mahalliy “Al-Vatan” gazetasi xabar berdi.

Aytilishicha, SDK jangchilari allaqachon qamoqxona hududiga snayperlar va yoʻl toʻsiqlarini qoʻygan, ular yaqin atrofdagi uylarda tintuv oʻtkazmoqda.

Bundan tashqari, «Hayat Tahrir ash-Shom» xalqaro terrorchilik tashkiloti va «Ahror ash-Shom» guruhi jangarilari Suriyaning Afrin shahri yaqinidagi ikkita qishloqni egallab olgan. Hukumat kuchlari bilan toʻqnashuvlarda 30 nafardan ortiq odam halok boʻlgan.

Joriy yilning yanvar oyida ISHID aʼzolari Al-Hasekdagi SDK nazoratidagi yana bir qamoqxonaga hujum qildi. Koʻp oʻtmay, SDK tuzilmalari qamoqxona nazoratini oʻz qoʻliga olgan va qolgan mingga yaqin terrorchilar taslim boʻlgan. Biroq 200 nafarga yaqin jangari qochishga muvaffaq boʻlgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?