Otorinolaringologiya markazida klinik ordinatura orqali kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi
Prezidentimizning “Otorinolaringologiya xizmatini takomillashtirish va uning koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq:
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-boʻyin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazida otorinolaringologiya ixtisosligi boʻyicha tibbiyot kadrlarini klinik ordinatura orqali tayyorlash;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarining otorinolaringologiya boʻlimlari ushbu markazning hududiy filiallari etib hisoblanishi belgilangan.
Muassasa va uning hududiy filiallari tibbiyot yoʻnalishidagi oliy, professional va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarining tegishli kafedralari uchun klinik baza sifatida faoliyat yuritadi.
Shuningdek, mazkur hujjatga koʻra:
Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni davolash uchun ixtisoslashtirilgan muassasalarni Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi bilan tuzilgan shartnomalar asosida bazaviy narxlarda moliyalashtirish tartibi ushbu markaz uchun 2024 yil 1 yanvardan boshlab tatbiq etish;
unga muvofiq, 2024 yil 1 yanvardan boshlab, otorinolaringologiya va yuz-jagʻ jarrohligi yoʻnalishlaridagi tibbiy xizmatlar imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻrsatilishiga ruxsat berish koʻzda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring