OTMlar 6-sentyabrdan oflayn oʻqish haqida eʼlonlar berishni boshladi

14:28 24 Avgust 2021 Jamiyat
697 0

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Mustaqillik bayramidan soʻng OTMlarda ham oʻqish jarayoni anʼanaviy shaklda boshlanishi haqida xabarlar tarqalayotgan edi. Biroq Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi masala koʻrib chiqilayotgani, bu borada tegishli qarorga kelinmaganini maʼlum qilgan edi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining maʼlum qilishicha, universitetda dars jarayonlari 6-sentyabrdan anʼanaviy tarzda boshlanadi. 

Unga koʻra, dars jarayonlari toʻliq karantin talablariga rioya etgan holda tashkil etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?