OTM xodimlari toʻlov-kontraktdan tushgan mablagʻlar hisobiga moddiy ragʻbatlantiriladi

Hukumat qarori (517-son, 26.08.2020-y.) bilan Respublika oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Nizomga muvofiq, pul mukofotlari, ustamalar va qoʻshimcha haqlar miqdori har bir xodimning OTM faoliyati samaradorligiga qoʻshgan shaxsiy hissasiga qarab belgilanadi.
OTM har yili professor-oʻqituvchi va xodimlar tomonidan bajarilgan ishlarining samaradorligi va sifatiga qarab moddiy ragʻbatlantirish tartibi va hajmlarini belgilashi shart.
Moddiy ragʻbatlantirish nafaqat bir xodim uchun, balki jamoatchilik ishlarini bajargan butun bir jamoa, kafedra, fakultet, ilmiy laboratoriya va boshqa boʻlinmalar xodimlariga ham berilishi mumkin.
Nizomga koʻra, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻning 30 foizdan koʻp boʻlmagan qismi taʼlim muassasasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga sarflanishi mumkin.
Nizom bilan OTM professor-oʻqituvchi va boshqa toifadagi xodimlarini ragʻbatlantirishning asosiy mezonlari belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring