OTM bitiruvchilari diplom fayllarini qanday qilib yuklab olishlari mumkin?

02:45 22 Iyul 2021 Jamiyat
332 0

Davlat OTMni 2020/2021 oʻquv yilida tamomlagan bitiruvchilar maxsus ilovada koʻrsatilgan domenlar asosida diplom fayllarini yuklab olishlari mumkin. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlumki, joriy yildan boshlab OTMda «Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish — HEMIS" axborot tizimi joriy etilmoqda.

Ushbu axborot tizimi orqali talaba tomonidan diplom fayllarini yuklab olishning quyidagi ikkita yoʻli mavjud:

Agar talabaga shaxsiy kabinet ochilib, unga login va parol berilgan boʻlsa, u holda talaba oʻz shaxsiy kabinetidagi Talaba maʼlumoti/ Diplom maʼlumoti menyusi orqali diplom faylini yuklab olishi mumkin.

Login va paroli boʻlmagan talabalar uchun har bir OTM tizimining talaba qismida alohida havola ochilgan.

Masalan, talaba Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining http://student.uzswlu.uz/dashboard havolasiga kirib, fuqarolik pasportida yoki ID-kartasida koʻrsatilgan JSHSHIR raqamini kiritish orqali diplom faylini yuklab olishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?