O‘tkir respirator virusli infeksiyalardan qanday himoyalanish mumkin?
Illyustrativ foto
Qish fasli yakunlanib, bahor eshik qoqayotgan ayni kunlarda ob-havodagi o‘zgarishlar odamlar orasida o‘tkir respirator virusli infeksiyalarning ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ushbu kasallikning belgilari, uning oldini olish chora-tadbirlari haqida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov fikr-mulohazalarini e’lon qildi.
— Ushbu turdagi kasalliklar bir necha klinik belgilar bilan namoyon bo‘ladi, — deydi Nurmat Atabekov. — Dastlab burun shilliq qavatida qichishish, keyinchalik hid bilish qobiliyati qisman pasayishi, aksirish, burun oqishi kuzatiladi.
Keyinchalik esa tomoqda achishish, qurish, og‘riq, ovoz bo‘g‘ilishi va quruq yo‘tal paydo bo‘lishi mumkin. Kasallikdan tuzalish bosqichida esa balg‘am ko‘chishi, xastalikning yumshashi, yo‘tal chog‘ida og‘riqlar pasayishi singari holatlar qayd etiladi.
Bunday paytda, eng avvalo, epidemiologik vaziyat barqarorligini ta’minlash uchun bemorlar jamoat joylariga chiqishdan, odamlar bilan muloqotdan imkon qadar o‘zlarini cheklashlari, ijtimoiy masofa saqlashlari lozim.
Ayniqsa, virusga chalingan odamlar va ularning parvarishi bilan shug‘ullanayotgan shaxslar tibbiy niqobda bo‘lishlari tavsiya etiladi. Xastalik belgilari kuzatilgan yurtdoshlarimiz esa shifokor tavsiyasi asosida davo muolajalarini boshlashlari maqsadga muvofiq.
Qolaversa, har bir odam immunitet mustahkamligini ta’minlash uchun meva-sabzavotlar, turli ko‘katlar va qaynatmalar iste’mol qilishi hamda mavsumga mos kiyinishi lozim.
Shunday ekan, yurtdoshlarimizdan ushbu oddiy tavsiyalarga rioya qilgan holda mavsumiy respirator kasalliklar tarqalishining oldini olishga e’tiborli bo‘lishlarini so‘rab qolamiz.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi
Ibrohim NORMURODOV tayyorladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring