Oʻtgan olti oyda 20 mingdan ziyod ishsiz fuqaroga 21 mlrd 487 ming soʻm ishsizlik nafaqasi toʻlangan

15:07 18 Iyul 2022 Jamiyat
321 0

Foto: Illustrativ foto

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati rahbari Mavjuda Mirzayeva 2022-yilning 6 oyi davomida aholi bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

2022-yilning 1-chorak yakuni boʻyicha respublikada mehnat resurslari soni 19 mln 400 ming nafarni tashkil etadi.

Mehnat resurslaridan iqtisodiyot tarmoqlarida band boʻlganlar – 13 mln 600 ming kishi, shundan rasmiy sektorda band aholi soni – 6 mln. 100 ming nafarni, norasmiy sektorda band boʻlganlar soni – 5 mln 700 ming nafarni, respublikadan tashqariga ishga ketganlar soni

1 mln. 800 ming kishini tashkil etgan.

Ishga muhtoj boʻlganlarning umumiy soni 1 mln. 400 ming kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 9,2 foizni tashkil etdi. Ushbu koʻrsatkich 16-30 yoshgacha boʻlganlar orasida - 14,9 foiz, ayollar orasida - 12,8 foizni tashkil etdi.

2022-yilning 1-aprel holatida respublikamizda iqtisodiy nofaol aholi 4 mln 400 ming kishini tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-iyun oylari davomida 438 ming ish bilan band boʻlmagan shaxsga bandlik xizmatlari koʻrsatildi.

Boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ish.mehnat.uz va ish2.mehnat.uz saytlarida eʼlon qilinib, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?