Oʻtgan yili xorijdan qaytgan fuqarolarning nechtasi band qilingani ochiqlandi

13:22 19 Yanvar 2022 Jamiyat
906 0

Oʻtgan yili xorijdan qaytgan fuqarolarning 169 ming 475 tasi bandligi taʼminlandi, 23 ming 878 tasi kasb va tadbirkorlikka oʻqitildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi maʼlum qildi.

Xabarda keltirilishicha, 41 ta oʻzbek diasporasi va 2 ta vatandosh bilan hamkorlik kelishuvlari imzolandi. Shundan:

— 32 tasi Rossiya Federatsiyasi;

— 6 tasi Qozogʻiston;

— 1 tasi Ukraina;

— 1 tasi Qirgʻiziston;

— 1 tasi Yaponiya;

— 1 tasi Tailand;

— 1 tasi Portugaliya.

35 ming 441 nafar mehnat migranti sugʻurta xizmatlaridan foydalangan. Bundan tashqari, 991 nafar fuqaroga 2 mlrd. 391,3 million soʻm miqdorida mikroqarzlar ajratilishi taʼminlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер