Oʻtgan yili Dermatovenerologiya va kosmetologiya markaziga 1362 nafar chet el fuqarosi murojaat qilgan

Iqlim oʻzgarishi, atrof-muhitning yuqori darajada ifloslanishi odam organizmiga taʼsir qilmasdan qolmaydi. Shu kabi tashqi omillar va turli ichki kasalliklarning rivojlanishi tufayli dermatovenerologik va kosmetologik tibbiy xizmatlarga boʻlgan talab ortmoqda.
Xususan, oʻtgan yili Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining maslahat poliklinikasiga 59307 nafar bemor murojaat qilgan va bu 2021-yilga nisbatan mingta koʻp koʻrsatkichdir.
Qolaversa, ularning 1362 nafari chet davlatlardan kelgan fuqarolardir.
Oʻtgan yil davomida markaz boʻlimlarida 7548 nafar bemor statsionar sharoitda davolangan.
2021-yilda esa markaz klinikasida jami 6890 bemor statsionar sharoitda muolaja olgan va bu koʻrsatkich 2022-yilda 9,5 foizga ortgan.
Maʼlumot uchun, markaz tarkibida 70 qatnovga moʻljallangan maslahat poliklinikasi, 160 oʻrin-joyga ega 6 ta statsionar, 4 ta klinik va 2 ta yordamchi boʻlim hamda 6 ta laboratoriya faoliyat yuritmoqda.
Muassasada jami 71 nafar shifokor, 155 nafar hamshira va 75 nafar kichik tibbiyot xodimi ishlaydi. Mutaxassislardan 5 nafari professor, 10 nafari fan doktori, 28 nafari fan nomzodi ilmiy darajasiga ega.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kasbida bir yoʻla 5 ta yirik sanoat korxonasi barpo etilmoqda
- Ekologlar xulosasi: Yer maydonining 99 foizi xavfli zarralar bilan ifloslangan
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring