Oʻtgan yilda hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi doirasida 91 534 ta yangi ish oʻrni yaratildi

Foto: Arxiv surat
AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Hunarmand” uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari Qobil Jamolov 2022-yildagi faoliyat tahlili yuzasidan maʼlumot berdi.
Respublika “Hunarmand” uyushmasi va Savdo-sanoat palatasi tomonidan hunarmandchilik yoʻnalishida 2022-yilda amalga oshirgan ishlar va 2023-yilgi rejalar haqidagi maʼlumotni taqdim etamiz.
Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi doirasida ajratiladigan kreditlar, subsidiyalar va usta-shogird maktablari tashkil etishi hisobiga oʻtgan 2022-yilda 91 534 ta yangi ish oʻrni yaratildi.
Yaratilgan ish oʻrinlarining 17 565 nafari usta hunarmandlar boʻlsa, 73 969 nafari shogirdlar hissasiga toʻgʻri keladi.
Yaratilgan ish oʻrinlarining 68% ayollar hisobiga, 44% esa yoshlar hissasiga toʻgʻri keldi.
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi”ning 6,0 mlrd. soʻm mablagʻlari hisobiga ish bilan band boʻlmagan 7933 nafar fuqarolar hunarmandchilikka yoʻnaltirildi.
Hunarmandchilik loyihalari dasturini shakllantirish va bu orqali soha vakillarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2018-2021-yillarda jami 40 mingdan ortiq hunarmandchilik loyihalari uchun 1,1 trillion soʻm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilgan boʻlib, bugungi kunda ajratilgan kreditlarni oʻz muddatida qaytarish darajasi 89 foizni tashkil etdi va sohaga ajratilgan jami kreditlardan, muddati kelgan 915 mlrd. soʻmi tijorat banklariga qaytarildi.
2022-yilda Buxoroning Buxoro shahrida 2 ta, Vobkent tumanida 1 ta Zardoʻzlik markazi, Qashqadaryoning Shahrisabz shahrida 1 ta Kulolchilik markazi, Fargʻonaning Furqat tumanida 1 ta Naqqoshlik va yogʻoch oʻymakorligi markazi, Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 1 ta Hunarmandlar markazi hamda Shayxontohur tumanida 1 ta Zargarlik markazi jami 7 ta hunarmandchilik markazi qurib bitkazildi.
Hunarmandlarning xalq amaliy sanʼati milliy katalogi yaratilib, faxriy va xalqaro koʻrgazma hamda tanlovlarda gʻolib boʻlgan 353nafar ustalar ushbu katalogga kiritildi. Shuningdek, 1,2 mingga yaqin hunarmandlar turizm reyestriga kiritilib, ushbu soha rivojiga munosib hissa qoʻshib kelmoqda.
Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixona va vakolatxonalari koʻmagida MDH, Yevropa va AQSH davlatlariga hunarmandchilikning kulolchilik, kashtachilik, zardoʻzlik, yogʻoch oʻymakorligi, gilamchilik va qoʻlda gazlama toʻqish yoʻnalishlari boʻyicha jami 13,2mln. AQSH dollari miqdoridagi mahsulotlar eksport qilindi.
Milliy hunarmandchilik mahsulotlarining onlayn savdosini yoʻlga qoʻyish uchun uzcrafts.uz, suzanishop.uz va ikatmarketing.com kabi internet magazinlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda uzcraft.com kanal va guruhlari tashkil etildi.
Hunarmandchilik yoʻnalishida milliy urf odatlarimizni aks ettirgan “Chust Doʼppi”, “Adras of Margilan”, “Karakul Fur”, “Rishtan Ceramics” kabi milliy brendlar yaratilib, bunday brendlar bilan 250 nafardan ortiq hunarmandlar Amazon, Ebay va ETSY kabi platformalarga milliy hunarmandchilikning talab yuqori boʻlgan 12ta yoʻnalishi boʻyicha 5mingdan ortiq mahsulotlar joylashtirilib, onlayn savdo hajmi 1,6mln. dollardan oshdi.
2023-yilga vazifalar va yangi tashabbuslar haqida
— jami 41 mingta ish oʻrinlari yaratiladi, shundan, usta-hunarmandlar – 10,1 ming nafar, shogirdlar – 30,9 ming nafarni tashkil etadi;
— “Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi” doirasida tijorat banklari tomonidan 580,7 mlrd soʻm kreditlar ajratilgan xolda, jami 12 565 ta hunarmandchilik loyihalarini amalga oshiriladi;
— hunarmandlarni onlayn savdo va turizm sohasida bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida xar bir hududda bir oyda 3-marta jami 42 ta oʻquv-seminar treninglar tashkil etish orqali E-Commerse tizimida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar sonini 220 nafardan 500 nafarga, turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar sonini 1520 nafardan 2500 nafarga yetkaziladi.
— xorijiy davlatlarda boʻlib oʻtadigan 28 ta hunarmandchilik koʻrgazmalarida 320 nafar hunarmandlarning ishtirokini taʼminlash orqali ushbu yoʻnalishda savdo hajmini 1,5 mln. AQSH dollariga yetkazish, hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma tuzish yoʻli bilan mahsulot eksport qilishga koʻmaklashish va yillik eksport hajmini 15,3 mln. AQSH dollariga yetkazish.
— Respublika hududlarida jami 17.9 gektar yer maydoniga, qiymati 112 mlrd. soʻmlik, 11 ta hunarmandchilik markazlari tashkil etilishi va 1500 ta yangi ish oʻrinlari yaratish koʻzlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
- Hanjouda Osiyo o‘yinlariga start berildi. Ochilish marosimidan fotoreportaj
- Shavkat Mirziyoyev Italiya sobiq prezidenti vafoti munosabati bilan taʼziya yoʻlladi
- Astraxanda VIII Kaspiy mediaforumi boʻlib oʻtdi
- Hanjou-2022: Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi yarim finalda!
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring