Oʻtgan yilda 6420 dona madaniy boylikning noqonuniy olib kirilishi va olib chiqilishi toʻxtatilgan

Foto: Халқ сўзи
AOKAda Madaniy meros agentligi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida tizimda oʻtgan yilda amalga oshirilgan ishlar va joriy yildagi ustuvor vazifalar haqida maʼlumot berildi.
Tadbirda mamlakatimizda hozirgi kunga qadar 8 ming 210 ta moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyekti davlat muhofazasiga olingan boʻlib, shundan 4 ming 748 tasi arxeologiya, 2 ming 252 tasi arxitektura obyektlari, 678 tasi monumental sanʼat asarlari, 532 tasi diqqatga sazovor hamda Madaniy meros agentligi tomonida 2022-yilda Turizm obyektlarining infratuzilmasini rivojlantirish, madaniy meros obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan manzilli-dasturlar asosida 72 ta obyekt uchun 144,0 mlrd soʻm mablagʻ ajratilganligi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtildi.
Shuningdek, mazkur madaniy meros obyektlarining loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilganligi, Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashi tomonidan maʼqullanganligi, restavratsiya, taʼmirlash-tiklash ishlari olib borilib, 2022-yil davomida, 68 ta obyektda pudrat ishlarini amalga oshirish uchun 106,7 mlrd soʻmlik shartnomalar rasmiylashtirilgan va 79,8 mlrd soʻm mablagʻ oʻzlashtirilganligi haqida ham aytib oʻtildi.
Shu jumladan, masʼul xodimlar tomonidan alohida yoʻnalishlar boʻyicha hisobotlari eshitildi.
2022-yilda 55 ta madaniy meros obyektlarida restavratsiya ishlari boshlangan boʻlib, 64 ta madaniy meros obyektlarining loyiha-smeta hujjatlari yil davomida ishlab chiqilgan va bugungi kunda Agentlik huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashi muhokamasida koʻrib chiqish uchun kiritilgan.
Madaniy meros agentligi va hududiy madaniy meros boshqarmalari tomonidan 2022-yil davomida 2 208 ta madaniy meros obyektlarida monitoring ishlari olib borildi.
Oʻtgan yil davomida alohida tarixiy, ilmiy, badiiy, shaharsozlik yoki oʻzgacha ijtimoiy ahamiyatga molik boʻlgan 69 ta moddiy madaniy meros obyekti taʼmirlash usullari orqali asli holiga keltirildi.
Yerga noqonuniy egalik qilish hisobiga 74 ta madaniy meros obyektlariga zarar yetkazish holatlari aniqlandi va taʼsir choralarini koʻrish maqsadida tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashi tomonidan
2022-yil davomida 638 ta loyiha hujjatlari koʻrib chiqilib, 395 ta loyiha hujjatlari maʼqullangan va 243 ta loyiha hujjatlariga rad javobi berilgan.
Respublika hududida joylashgan davlat mulki boʻlgan 8210 ta madaniy meros obyektlaridan, 1002 tasiga ijara shartnomasi tuzildi.
Tashrif buyuruvchilar uchun qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida 829 ta yoʻl koʻrsatkichlari (ingliz, rus va boshqa tillarda) oʻrnatildi va bepul 219 ta Wi-Fi hududlari tashkil etildi.
Muzeylar sohasi boʻyicha ham alohida toʻxtalib oʻtildi. Respublikada
124 ta davlat muzeylari va uning filiallari mavjud. Jumladan, Madaniy meros agentligi tizimida 37 ta asosiy muzey, 75 ta filial faoliyat yuritib kelmoqda. Ulardan 7 tasi muzey-qoʻriqxonalar hisoblanadi. Muzeylarda jami 2710 nafar xodim faoliyat yuritib kelmoqda. Davlat muzeylari fondlaridagi muzey ashyolari va kolleksiyalari soni 2 525 023 tani tashkil etadi. Shundan 1 815 211 tasi asosiy fondda, 709 812 tasi ilmiy-yordamchi fondda saqlanmoqda, 82 067 tasi muzey ekspozitsiyalarida namoyish qilinmoqda.
2022-yil davomida muzeylarda 3322 ta tadbir tashkil etildi. Jami 3 904 267 nafar mahalliy va xorijiy sayyohlar tashrif buyurgan. 1-iyuldan “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi tashkil etildi. Aksiya doirasida aholidan jami 3811 ta ashyo va buyumlar toʻplandi.
Shuningdek, Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar sohasi boʻyicha 8 210 ta moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlaridan 7829 tasining kadastr hujjatlari rasmiylashtirildi hamda Davlat kadastrlari yagona tizimiga 98 foiz obyektlar kiritildi. 7 ta muzey qoʻriqxona, jumladan, “Buxoro”, “Samarqand”, “Ichan qalʼa”, “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonalari qoʻriqlanadigan tegralarining chegaralari tasdiqlandi.
2022-yilning iyun oyida ICESCO (Xalqaro Islom tashkiloti) tomonidan Buxoro shahrida joylashgan 7 ta madaniy meros obyekti Butun jahon Islom olami durdonalari roʻyxatiga kiritildi.
Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi tomonidan Buxoro shahridagi Ark qalʼasi Jome masjidini va Fargʻona viloyati Rishton tumanida joylashgan Burhoniddin Al-Margʻinoniy maqbarasini restavratsiya qilish boʻyicha bitim imzolandi. JICA agentligi bilan sohani raqamlashtirish boʻyicha grant ajratishga kelishib olindi. Fransiya shaharsozlik instituti hamkorligida “Shahrisabz tarixiy markazi” regeneratsiya loyihasi ishlab chiqilib, YUNESKO Umumjahon merosi qoʻmitasiga taqdim etildi.
Mamlakatimiz va xorijdagi madaniy boyliklar sohasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi, shuningdek, ularning noqonuniy aylanishini oldini olish maqsadida mamlakatimiz hududida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, 2022-yilda 534 695 dona madaniy boylik boʻyicha jami 1625 ta olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat berilgan.
Bundan tashqari 6420 dona madaniy boyliklarning noqonuniy olib kirilishi va olib chiqilishi toʻxtatilgan, ular boʻyicha 327 ta ekspertiza xulosalari rasmiylashtirilgan boʻlib, ularni muzeylarga topshirish uchun koʻrsatma berilgan.
Madaniy meros agentligi tomonidan hozirgi kunga qadar dunyoning 40 ga yaqin mamlakatida saqlanayotgan Oʻzbekiston tarixi va madaniyatiga oid 9000 dan ortiq uy-roʻzgʻor ashyolari, arxeologik topilmalar, turli taqinchoqlar, qoʻlyozmalar, hujjatlar, toʻqimachilik ashyolari (palak, toʻn, atlas, beqasam va boshqa.), musiqa asboblari kabi madaniy boyliklarga oid maʼlumotlar toʻplandi.
Xorijiy mamlakatlarda saqlanayotgan oʻlkamiz tarixi va madaniyatiga oid qoʻlyozmalarni aniqlash, oʻrganish va nusxalarini yurtimizga olib kelish yoʻnalishida 2022-yilda 330 ta madaniy ashyo – 173 ta qoʻlyozma, 157 ta muzey eksponatiga oid maʼlumotlar aniqlandi va ularning ilmiy tavsifi amalga oshirilganligi haqida aytib oʻtildi.
Bundan tashqari, 2023-yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi amalga oshirilishi rejalashtirayotgan madaniy tadbir va rejalari toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Xususan, Agentlik tomonidan 154 ta madaniy meros obyektlarida ilmiy texnik tadqiqotlar oʻtkazish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda asrashga doir ishlarni amalga oshirish belgilandi. Muzeylar tomonidan tashkil etiladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlar, koʻrgazmalar, seminar va konferensiyalar, yubiley sanalarini oʻtkazish boʻyicha Kalendar reja, yodgorliklarni muzeylashtirish, Agentlik xodimlari ushbu yilda chet elga malaka oshirish va tajriba almashishga yuborish va boshqa masalalar ham taqdim etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring