Oʻtgan yilda 606,3 mln dollar miqdorida qurilish materiallari va xizmatlari eksporti qilindi

Foto: Arxiv surat
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov maʼlum qildi.
2022-yilda soha boʻyicha jami 600 mln dollar miqdorda qurilish materiallari va xizmatlarini eksport qilish rejalashtirilgan edi.
Oʻtgan 2022-yil yakuni boʻyicha olingan tezkor maʼlumotlarga koʻra tarmoq korxonalari tomonidan 606,3 mln dollar miqdorida qurilish materiallari va xizmatlari eksporti amalga oshirilib, belgilangan reja 101 foizga bajarildi. Bu 2021-yilga nisbatan 138 foizni tashkil qildi yoki 168 mln dollarga koʻp qurilish materiali eksport qilindi.
Yuqoridagi eksport koʻrsatkichlarga 92 mln dollarlik keramik plitka va keramika buyumlari, 40 mln dollarlik alyumin profil va panellar, 82 mln dollarlik PVX profil, truba va fitinglar, 9 mln dollarlik sement, 44 mln dollarlik quruq qurilish qorishmalari, 38 mln dollarlik gulqogʻoz, 19 mln dollarlik tabiiy pardozbop toshlar kabi qurilish materiallar eksport qilish hisobiga erishildi.
Eʼtiborli jihati, aksariyat qurilish materiallar boʻyicha tarmoqda yangi quvvatlarni yaratilishi va modernizatsiya qilinishi, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi hamda yangi korxonalarni eksportga jalb qilinishi hisobiga baʼzi turdagi qurilish materiallari eksportini 2021-yil shu davriga nisbatan bir necha barobarga oshirishga muvaffaq boʻlindi. Misol uchun, 2021-yilga nisbatan keramik plitkalar 1,4 barobarga, gulqogʻoz 2,4 barobarga, tabiiy pardozbop toshlar 1,3 barobarga, oyna mahsulotlari 1,3 barobarga koʻp eksport qilindi.
Joriy yilning oʻtgan hisobot davrida qurilish materiallari eksporti geografiyasi anʼanaviy hisoblangan bozorlar yaʼni Qozogʻiston, Rossiya Tojikiston, Qirgʻiziston, Turkmanistondan kabi davlatlardan tashqari, Tailand, Belgiya, Fidji, Isroil, Ispaniya, Fransiya, Xorvatiya, Iroq, Braziliya davlatlari hisobiga kengaytirildi.
Qurilish materiallarining asosiy eksport bozorlari bu qoʻshni respublikalar hisoblanib, ushbu davlatlarning umumiy eksportdagi ulushi qariyb 71 foizni tashkil etmoqda. Xususan, davlatlar kesimida koʻrib chiqadigan boʻlsak, Qozogʻistonga – 177 mln dollarlik, Qirgʻizistonga – 89 mln dollarlik, Tojikistonga – 65 mln dollarlik, Turkmanistonga – 21 mln dollarlik, Afgʻonistonga – 2 mln dollarlik, Rossiyaga – 63 mln dollarlik, Litvaga – 17 mln dollarlik, Turkiyaga – 9 mln dollarlik, Ukrainaga – 3 mln dollarlik, Ozarbayjonga – 8 mln dollarlik qurilish materiallari eksporti amalga oshirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring