Oʻtgan yilda 30 nafar turli millat vakili davlat mukofoti, 283 ta xorijiy hamkor va 39 ta faol vatandosh “Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan

16:27 17 Mart 2023 Jamiyat
269 0

AOKAda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida 2022-yildagi faoliyat tahlili, ustuvor vazifalar ijrosi haqida maʼlumot berildi.

Bugungi kunda Qoʻmita mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan jami 152 ta milliy madaniy markaz, 38 ta doʻstlik jamiyati va xorijdagi vatandoshlarning 38 ta jamiyati bilan hamkorlik qilib, Oʻzbekistondagi barcha millatlar va elatlarning tarixi, madaniyati, maʼnaviy qadriyatlari, anʼana hamda urf-odatlarini asrash va har tomonlama rivojlantirish, millatlararo munosabatlarni uygʻunlashtirish, jamiyat va davlatni barqaror rivojlantirishga katta hissa qoʻshib kelmoqda.

Qoʻmita “xalq diplomatiyasi” mexanizmidan faol foydalangan holda tinch va farovon hayotni asrash, xorijiy mamlakatlar bilan doʻstona munosabatlar va madaniy-maʼrifiy aloqalarni rivojlantirish, chet eldagi hamyurtlar bilan yaqin va oʻzaro manfaatli munosabatlarni yoʻlga qoʻyishga salmoqli hissa qoʻshmoqda.

Matbuot anjumanida Qoʻmita raisi oʻrinbosari Azamat Toshev oʻz nutqida Qoʻmita tomonidan 2022-yil davomida hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi. Jumladan, oʻtgan yili millatlararo munosabatlar sohasida huquqiy asosni takomillashtirishga qaratilgan Qoʻmita tomonidan 2022 yilda 14 ta konseptual hujjat loyihasi tayyorlandi. Xususan, 1 ta qonun, 1 ta Prezident Farmoni va qarori, 11 ta hukumat qarori va farmoyishi loyihasi ishlab chiqildi.

Oʻtgan yili 30-iyul - Xalqlar doʻstligi kuni yurtimizda keng nishonlandi. Bayram munosabati bilan 30 nafar turli millat vakillari davlat mukofotlari hamda 283 nafar yurtdoshlar va xorijiy hamkorlar, 39 nafar faol vatandoshlar “Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandilar. A.Toshev shuningdek, joriy yilda amalga oshiriladigan rejalar xususida ham maʼlumot berib oʻtdi.

Qoʻmita raisi maslahatchisi Zafar Ahmedov tadbir qatnashchilariga xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi. Jumladan, Oʻzbekistonning turli davlatlar bilan keng qamrovli bitimlari ijrosini taʼminlashda millatlararo munosabatlar yoʻnalishida hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga bagʻishlangan 2022 doʻstlik jamiyatlari, xorijdagi hamkor va turdosh tashkilotlar bilan hamkorlikda 100 ga yaqin tadbirlar oʻtkazildi, shundan 14 ta xalqaro konferensiya va 8 ta simpozium va 15 ta seminarda ishtirok etildi, 5 ta koʻrgazma, 4 ta viktorina, 20 ta davra suhbati (shu jumladan, onlayn), 13 ta uchrashuv, 12 ta delegatsiya tashrifi tashkil qilindi. Tadbirlar 100 dan ortiq mahalliy va xorijiy OAV larda yoritildi.

Anjumanda jamiyatda koʻp millatli katta oila his-tuygʻusini, mamlakatimizda yashayotgan turli millat va elat vakillari oʻrtasida doʻstlik va totuvlikni yanada mustahkamlash maqsadida 2022-yilda Qoʻmita hamkorligida milliy madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlari ishtirokida respublika miqyosida Qoʻmita tomonidan Respublikamizda faoliyat koʻrsatayotgan milliy madaniy markazlar va hamkorlar bilan birgalikda 2022-yil davomida jami 8177 ta tadbir oʻtkazildi.

Jumladan, 535 ta konferensiya, 1636 ta davra suhbati, 590 ta seminar,

877 ta forum va festival, 1517 ta tanlov va koʻrgazma, 3004 ta madaniy-maʼrifiy tadbir va 18 ta hisobot-saylov konferensiyasi tashkil etildi. Bundan 585 tasi respublika va 3065 tasi viloyat miqyosida oʻtkazilgan tadbirlardir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?