Oʻtgan ikki chorak yakunida oʻrganilgan 4512 ta tender savdosining 2305 tasida 2511 ta raqobatga zid holat aniqlangan

18:28 15 Avgust 2022 Jamiyat
196 0

Foto: Illustrativ foto

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi boshqarma boshligʻi Mirzohid Komilov davlat xaridlarini yanada liberallashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi.

Aniqlangan qonunbuzilishlari quyidagilardan iborat:

— savdolar oʻtkazishning qonunchilikda belgilangan tartibini buzish – 1823 ta holat;

— ishtirokchilar oʻrtasida affillanganlik (ishtirokchilar oʻzaro kelishib olgan holda raqobat muhitiga taʼsir etishi) – 419 ta holat;

— buyurtmachi va ishtirokchi oʻrtasida manfaatlar toʻqnashuvi – 139 ta holat;

— buyurtmachi va ishtirokchi oʻrtasidagi kelishib olingan harakatlar – 130 ta holat.

Shuningdek, ushbu davrida Qoʻmita va hududiy boshqarmalarga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat xaridlari sohasida 101 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlar asosida oʻtkazilgan tahlil natijasida 67 ta tanlov (tender) savdoda 92 ta raqobatga zid holat aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?