Oʻtgan haftada dunyo boʻyicha qariyb 10 ming kishi koronavirus oqibatida hayotdan koʻz yumdi

15:07 15 Iyul 2022 Dunyo
641 0

Foto: Arxiv surat

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti yer yuzidagi epidemiologik vaziyat boʻyicha navbatdagi hisobotini eʼlon qildi. Unga koʻra, oʻtgan haftada dunyoda 5,7 million nafardan ziyod kishi koronavirusga chalinib, 27-iyun — 3-iyul sanalariga nisbatan 6 foiz oʻsish qayd etilgan.

Sezilarli pasayish dinamikasi faqat Afrika mamlakatlarida kuzatildi. Bu qitʼada avvalgi haftaga qiyoslaganda kasallanishlar miqdori 33 foizga kamaydi. Dunyoning qolgan hududlarida esa bemorlar soni koʻpayishi kuzatildi. Xususan, eng yuqori oʻsish surʼati Gʻarbiy Tinch okeani mintaqasi davlatlari hissasiga toʻgʻri keldi — 28 foiz.

Sharqiy Oʻrta yer dengizi mintaqasiga qarashli mamlakatlarda esa bu boradagi raqamlar 25 foizni tashkil etdi. Xuddi shunday mazkur hududda SOVID-19dan oʻlim koʻrsatkichlari ham 78 foizga oshdi. Janubi-Sharqiy Osiyoda esa kasallik tufayli hayotdan koʻz yumganlar soni 23 foizga koʻpaydi.

Umuman, 4-10-iyul sanalarida jahon boʻyicha 9,8 mingga yaqin kishi koronavirus qurboniga aylandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?