Oʻtgan yetti oyda Kadastr tizimida 28 ta holatda korrupsiya bilan bogʻliq jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan

17:28 12 Avgust 2022 Jamiyat
436 0

Foto: Arxiv surat

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Neʼmat Atamuratov maʼlum qildi.

Kadastr agentligi tizimiga oʻtgan 7 oyi davomida 1045 ta xodim tanlov asosida ishga qabul qilingan boʻlib, ularning 253 tasini rahbar xodim.

Shuningdek, 885 ta xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Ularning 724 tasi mutaxassis xodim, 161 tasi rahbar xodim.

7 oy davomida bir nechta sabablarga koʻra 142 ta rahbar xodimga hamda 1301 ta mutaxassisga intizomiy choralar koʻrilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?