Oʻtgan 8 oyda inson huquq va erkinliklari himoyasi boʻyicha oʻtkazilgan 2664 ta tekshiruvda 15 615 ta qonunbuzilish holati aniqlangan

17:25 21 Sentyabr 2022 Jamiyat
334 0

Foto: Arxiv surat

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bosh prokuratura boʻlim boshligʻi Tolibjon Umarov maʼlum qildi.

Bunda qonunga zid boʻlgan huquqiy hujjatni bekor qilish hamda aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish borasida 17 449 ta prokuror nazorati hujjatlari qoʻllanilib, 5,7 mlrd. soʻmlik yetkazilgan zarar ixtiyoriy qoplangan, sudlarga qiymati 53,1 mlrd. soʻmlik daʼvo arizalari kiritilgan.

Tahlillar asosida oʻrganilganida, nikohdan ajratish haqidagi 18 ta va farzandlikka olish toʻgʻrisidagi 13 ta, jami 31 ta hal qiluv qarorlari qalbakilashtirilganligi holati boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi.

Shuningdek, “Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq prokuratura organlari tomonidan 77 nafar bolaga ixtiyoriy ravishda otalikni belgilanishi va tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar olib berilishi taʼminlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?