Otabek Umarovning avtohalokatga uchrashi gʻayritabiiy hodisami? — Kusherboyev

Oʻzbekiston soʻnggi yillarda erishgan, koʻpchilik tan oladigan natijalardan biri - axborot va soʻz erkinligini taʼminlash, davlat organlarining ochiq va jamoatchilik oldidagi hisobdorligini oshirish yoʻlidagi real qadamlar boʻldi, deya fikr bildirmoqda deputat Rasul Kusherboyev.
«Bu oʻzgarishlar albatta muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi va davlat boshqaruvi apparati kursini jamoatchilik fikrini tinglash, oʻzaro muloqot prinsipiga yoʻnaltirishga qaratilgan qatʼiy pozitsiyasi bilan bogʻliq. Bu kurs oʻzgarmadi va qatʼiy turibdi.
Afsuski soʻz va axborot erkinligi jamiyat taraqqiyoti uchun qanchalik ahamiyatli boʻlsa, turli maqsadlardagi boshqa shaxslarning ham faol fuqaro qiyofasida oʻz rejasini amalga oshirishda qulay vositasiga aylanadi. Chunki axborot orqali butun bir jamiyatni boshqarish mumkin.
Va afsuski soʻnggi kunlarda Oʻzbekistonga doir ayrim tarqatilayotgan axborotlar maqsadi ham bizda xavotirli savollar paydo qilmoqda.
Eng yomoni bu harakatlar aynan soʻz erkinligini taʼminlashda siyosiy irodasida qatʼiy turgan muhtaram Prezident va ularning oila aʼzolari bilan bilvosita bogʻlashga urgʻu berilayotgani eng kamida ushbu mamlakat va xalqqa doʻst boʻlmagan kishilarning urinishi ekanligini koʻrsatmoqda. Maqsad - obroʻsizlantirish.
Qizigʻi bu ishlar Oʻzbekistonda ayni saylov yilida kuchayayotgani “mashina” oʻz maqsadi yoʻlida faol ishlayotganini anglatadi.
Istaymizmi yoʻqmi har qanday axborot tekshirilishi bilan oʻz haqqoniy qiymatiga ega.
Gap nimalar haqida ketayotganini yaxshi tushunib turibmiz menimcha.
Bir narsa aniqki, biror rasmiy idoraning maʼlumoti eʼlon qilinmaguncha turli taxmin va fikrlarni asos yohud yuridik fakt sifatida qabul qilib boʻlmaydi.
Menimcha axborot tarqatishda chegara va makon tushunchasi yoʻqolib borayotgan bir vaqtda har qanday axborot ketidan ishonib ketaverish jamiyatni manipulyatsiya qilinayotganini anglatadi. Va biz buni yaxshi anglab turibmiz.
Hurmatli Otabek Umarovning sogʻligi masalasi ham afsuski soʻnggi vaqtlarda koʻproq siyosiy qolipga koʻchirilayapti? Ochigʻi tushunmayapman: bir kishining avtohalokatga uchrashi va davolanishi shunchalar gʻayritabiiy hodisami. Bu holatga har kim ham tushishi mumkin. Lekin bu voqealarga ham vahimali va siyosiy tus berilishi oddiy oʻquvchiga tushunarsiz boʻlsa biz uchun aniq maqsad yoʻlidagi harakat boʻlib koʻrinayapti...
Bilmadim, lekin men bu oʻrinda u kishiga sogʻliq tilagan boʻlardim. Har qalay hammamiz ham issiq jon: kimgadir farzand, ota, ona, aka, uka jondoshmiz», deydi deputat.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Samarqand viloyat sobiq DSB boshligʻi qariyb 20 yildan soʻng oqlandi
- “Bu yerda 3ta opa turibdi. Nima qilay? Yoʻqot!” Prokuratura xodimining suhbati ekanligi aytilgan audioyozuv boʻyicha bayonot berildi
- Jizzaxda maktab oʻquvchisini zoʻrlagan oʻgʻri qoʻlga olindi
- Shifokorlarning beparvoligi tufayli tanasida 50 sm katetr sim qolib ketgan 63 yoshli bemor vafot etdi
- “Temir daftar”dan chiqarishning antiqa usuli
- Internet orqali behayo qiliqlar qilib, qizlarning shaʼnini bulgʻagan navoiylik yigitlar qoʻlga olindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring