Otabek Sattoriyga oid jinoyat ishi boʻyicha axborot berildi

13:34 21 Iyun 2021 Jamiyat
547 0

Bu haqda Oliy sudning Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi boshligʻi Aziz Obidov xabar berdi.

"2021-yil 29-iyun kuni soat 11.00 da Surxondaryo viloyat sudi binosida sudlanuvchi O. Sattoriyga oid jinoyat ishini apellyatsiya instansiyasida qayta koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayoni boshlanadi.

Mazkur jinoyat ishi Samarqand viloyat sudining apellyatsiya sudlov hayʼati tomonidan koʻrib chiqiladi.

Eslatib oʻtamiz, jinoyat ishlari boʻyicha Muzrabot tuman sudining 2021-yil 10-maydagi hukmiga koʻra, O. Sattoriy Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi «a», «g» bandlari va 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) qoʻllab, 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) va 61-moddasi (jazolarni qoʻshishning hisoblash qoidalari) ga asosan tayinlangan jazolarni qisman qoʻshish yoʻli bilan uzil-kesil 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan" deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?