Otabek Hasanov mahallalarda radiouzellar orqali maqom qoʻyilishi tashabbusi bilan chiqdi

20:51 07 Aprel 2024 Jamiyat
357 0

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati, olimlar, yozuvchi, shoirlar, sanʼatkorlardan iborat ziyolilarni tomonidan Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida “Maʼrifat bogʻi”ni tashkil etish oldidan maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Unda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov soʻzga chiqib, xalqimizni maqom eshitishga undadi.

“Insonni moddiy qashshoqlikdan olib chiqish yoʻllari koʻp. Ammo maʼnaviy qashshoqlikdan olib chiqish qiyinroq.

Sayxunobodda iqtisodiy uygʻonish boshlangan edi. Endi esa biz maʼnaviy uygʻotamiz. Millatni uygʻotish uchun bizga ziyolilar koʻmak beradi. Zero, ziyoli uygʻonsa millat uygʻonadi.

Biz “Maʼrifat bogʻi”ga radiouzellar oʻrnatdik. Shuningdek bu kabi radiouzellarni tumanning barcha mahallalarida oʻrnatmoqchimiz. Ushbu yoʻnalishda ham Sirdaryo tajribasini yoʻlga qoʻyamiz. Shundan soʻng ushbu tajribani boshqa hududlarga ham joriy etish rejalashtirilyapti. Yaʼni mahallada maqom yangrab turadi. Mahalla maqomdan boshlanadi. Quloqlarni maqomga oʻrgataylik, keyin xirgoyi qilib yurishadi”, dedi Otabek Hasanov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер