Ota-onalardan "Farzandim maktabda kovid yuqtirsa eʼtirozim yoʻq" degan mazmunda kafolat xati olinyapti”mi? — XTB munosabat bildirdi

Illyustrativ foto
Ijtimoiy tarmoqlarda «Farzandim maktabda kovid yuqtirsa eʼtirozim yoʻq» degan mazmunda kafolat xati olinyapti” mazmunidagi xabar yoritilib, unda "Bu holat qonunchilikka toʻgʻri keladimi?” mazmunidagi eʼtiroz ham bayon etilgan edi. Ushbu xabarda qayd etilgan holatga aniqlik kiritish maqsadida Namangan viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi hamda shahar xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan ishchi guruhi tuzilib, oʻrganish oʻtkazildi.
Maktab xodimlari bilan yuqoridagi holat boʻyicha suhbatlashib, oʻrganish jarayonlarida maʼlum boʻlishicha, Namangan shahridagi 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori N. Toʻxtaboyeva tomonidan viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi hamda shahar xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan bunday mazmundagi kafolat xati olinishi talab qilinmagan va bu haqda topshiriq ham berilmagan.
"Shunday boʻlsa-da, uning rahbarligidagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari tomonidan tayyorlangan kafolat xati matni maktabning geografiya fani oʻqituvchisi Azizaxon Ahmadjanova tomonidan maktab oʻqituvchilari telegramm guruhiga oʻzgartirish kiritilgan holda muhokama qilish uchun yuborilgani, ushbu kafolat xati faqatgina maktab jamoasi orasida muhokama qilingan boʻlib, oʻquvchilarning ota-onalaridan bunday mazmundagi kafolat xati olinmaganligi aniqlandi.
Yuqoridagi holat yuzasidan maktab direktori N. Toʻxtaboyevaga taʼlim muassasasidagi direktor oʻrinbosarlari hamda fan oʻqituvchilari, sinf rahbarlari faoliyatlarini muvofiqlashtirib bormay, lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi uchun viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻining 2020-yil 4-sentyabrdagi 40-sonli buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasiga binoan “Xayfsan” intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi" deyiladi Namangan viloyat XTB axborot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring