Ot sporti: vatandoshimiz “Maxsima Masters Eurasia league” musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritdi
Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida oʻtayotgan konkur boʻyicha “Maxsima Masters Eurasia league” musobaqasining yana bir kuni yakuniga yetdi.
Quvonarlisi, ushbu kun bellashuvlari ham Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli oʻtdi.
130 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash bahslarida Nurjan Tuyakbayev eng yaxshi natija qayd etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Yana bir ahamiyatli tomoni, Kichik doira yoʻnalishida kechgan jamoaviy bahslarda Oʻzbekiston terma jamoasi uchinchi oʻrinni egalladi.
Bellashuvlarda quyidagi sportchilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilishdi: Nurjan Tuyakbayev, Ibrohim Yoʻldoshev, Bekzod Roʻzmuhammedov, Xurshidbek Alimjonov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring