Ot sporti: Chexiyada start olgan xalqaro musobaqada yurtdoshimiz Bekzod Qurbonov bronza medaliga sazovor boʻldi

10:11 28 Iyul 2023 Sport
382 0

Konkur boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Chexiyada start olgan CSOI 4* tasnifidagi xalqaro musobaqada ishtirok etishi haqida maʼlum qilgan edik.

Ahamiyatlisi, hamyurtlarimiz ilk kunning oʻzidayoq shohsupaga koʻtarilishdi.

140 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash dasturida qatnashgan yurtdoshimiz Bekzod Qurbonov bronza medaliga sazovor boʻldi.

Yurtdoshimiz belgilangan toʻsiqlardan oshib oʻtish uchun 68.18 soniya sarfladi. Bellashuv davomida sportchimizga “Santos Hippica” laqabli tulpori hamrohlik qildi.

CSOI 4* Gold Tour, 140 sm:
Oltin: Linda Portichova (Chexiya, “Lara” laqabli tulporda)
Kumush: Gabor Szabo (Vengriya, “H-Secret By Boris”)
Bronza: Bekzod Qurbonov (Oʻzbekiston, “Santos Hippica”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер