Ostonada internet va mobil aloqaga ulanishda muammolar yuzaga keldi

Illyustrativ foto
Ostonada internetga ulanishda muammolar hamda mobil aloqada ham uzilishlar kuzatilmoqda.
Maʼlum qilinishicha, uzilishlar soat 19:00da boshlangan. Qozogʻiston poytaxtida statsionar va mobil internet ishlamay qolgan. Mobil aloqa ham ishlamay qolgan, statsionar telefonlar esa ishlashda davom etgan. Uzilishga nima sabab boʻlganligi hozircha nomaʼlum.
Joriy yilning 26-noyabr kuni Qosim-Jomart Toqayevning Qozogʻiston prezidenti lavozimiga kirishish marosimi boʻlib oʻtdi. Saylangan davlat rahbari Mustaqillik saroyida qasamyod qabul qilib, rasman oʻz faoliyatini boshladi.
20-noyabr kuni Qozogʻistonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari boʻlib oʻtdi va unda amaldagi davlat rahbari Qosim-Jomart Toqayev gʻalaba qozongan edi. U umumiy ovozlarning 81,31 foizini qoʻlga kiritdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring