Ostona shahrida SHHTga aʼzo davlatlar Bosh prokurorlarining 20-yubiley yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev Qozogʻiston Respublikasi Ostona shahrida boʻlib oʻtgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatlar Bosh prokurorlarining 20-yubiley yigʻilishida ishtirok etdi.
Yigʻilishda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi delegatsiyalari, shuningdek, onlayn tarzda Xitoy, Hindiston va Pokiston Bosh prokurorlari ishtirok etishdi.
Yigʻilishning tantanali ochilishida Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi – Xavfsizlik kengashi kotibi G.Nurdauletov Qozogʻiston Prezidentining tabrik soʻzlarini oʻqib eshittirdi.
Shuningdek, SHHT Bosh kotibi Chjan Min kirish soʻzi bilan ishtirok etib, inson huquqlarini himoya qilish, zamonaviy chaqiriq va tahdidlarga javob berishda nazorat organlari oʻrtasidagi hamkorlik muhimligini taʼkidlab oʻtdi.
Oʻz navbatida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev chet elga noqonuniy olib chiqilgan aktivlarni qaytarish boʻyicha prokuratura organlarining vazifalari hamda bu boradagi ishlarni muvofiqlashtiruvchi idoralararo komissiyasi faoliyati boʻyicha maʼruza qildi.
Muhokamalar doirasida Bosh prokurorlar transmilliy iqtisodiy jinoyatlarga qarshi samarali kurashish maqsadida SHHTga aʼzo davlatlar huquqni muhofaza qilish organlari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish va ularni yaxshilash boʻyicha saʼy-harakatlarni birlashtirish zarurligini taʼkidlashdi.
Tadbir yakunlari boʻyicha Bosh prokuratura organlari rahbarlari tomonidan chet elga noqonuniy olib chiqilgan aktivlarni qaytarish, oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va ilgʻor tajriba almashish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilangan yigʻilish bayonomasi imzolandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
- Buxoroda Kushon davriga oid devor qoldiqlari topildi
- O‘zbekistonga Erondan issiq havo massalari kirib kelmoqda
- Kitoblar — tafakkur chashmasi
- Qatar Davlati Amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring