Oʻsmirlar qanday qilib ruhiy salomatligini koronavirusdan saqlashi mumkin? Tajribali psixolog Liza Damor tavsiyalari

22:27 08 Aprel 2020 Jamiyat
1423 0

Illyustrativ foto

Oʻsmirlik davri inson kamolotidagi eng qiyin davr hisoblanadi. Bu paytda bola oʻta taʼsirchan, tushkunlikka tushishga moyil boʻladi. Koronavirus sabab maktablarning yopilishi va bekor qilingan tadbirlar tufayli aksariyat yoshlar koʻp vaqtini doʻstlar bilan suhbatlashish, darslarda qatnashish imkoniyatidan maʼlum qadar maxrum boʻldilar. COVID-19 virusining paydo boʻlishi sabab hayotdagi keskin oʻzgarishlarga duch kelayotgan oʻsmirlar hammadan koʻp sarosimaga tushishi tabiiy. Oʻzini yakkalanib, hafsalasi pir boʻlgan kabi his etganda ularga ruhiy madad kerak boʻladi.

Oʻz-oʻzini parvarish qilish va ruhiy holatni qanday chiniqtirish mumkinligi haqida, keling, tajribali psixolog, “New York Times” gazetasining oylik sharhlovchisi doktor Liza Damorning oʻsmirlar uchun tavsiyalariga quloq tutamiz.

1. Xavotiringiz normal va sogʻlom funksiya ekanligini unutmang

Maktabning yopilishi va yangiliklardagi xavotirli sarlavhalar sizni tashvishga solayotgan boʻlsa, siz yolgʻiz emassiz. Aslida siz buni shunday his qilishingiz tabiiy. Psixologlar tashvishlanish normal va sogʻlom funksiya ekanligini, oʻzimizni himoya qilish choralarini koʻrishga yordam berishini isbotlagan. Shu maʼnoda, sizning xavotiringiz hal qilish kerak boʻlgan qarorlarni qabul qilishga yordam beradi – boshqa odamlar bilan yoki katta guruhlarda vaqt oʻtkazmaslik, qoʻlingizni yuvmaslik va yuzingizga tegmaslik. Bu his-tuygʻular nafaqat sizni, balki boshqalarni ham xavfsizligiga yordam beradi.

COVID-19 atrofidagi bezovtalikni toʻliq tushunish mumkin boʻlsa-da, siz yana-da toʻliq maʼlumot olish yoki turli kanallar orqali olingan maʼlumotlarni tekshirish uchun ishonchli manbalardan (masalan, UNICEF va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti saytlaridan) foydalanayotganingizga ishonch hosil qiling. Agar siz kasallik simptomlarini oʻzingizda sezsangiz, bu haqda ota-onangiz bilan gaplashish juda muhimdir. Shuni yodda tuting, COVID-19 infeksiyasi tufayli kasallik, ayniqsa, bolalar va yoshi kattalar uchun yengildir. Yana unutmangki, koronavirus alomatlarini davolash mumkin.

2. Boʻsh qolmang, chalgʻitadigan mashgʻulotlar yarating

Mana shunday surunkali qiyin ahvolda boʻlganimizda, muammoni ikki toifaga boʻlib oʻrganish juda foydali: men nimadir qila olaman va men hech narsa qila olmayman degan tasavvur. Hozirda ikkinchi toifa odamlari juda koʻp. Bu ham tabiiy, ammo kasallikka qarshi kurashishga yordam beradigan narsa – oʻzimiz uchun chalgʻitadigan narsalar yaratishdir, yaʼni birinchi toifaga amal qilish. Sevimli filmingizni tomosha qiling, uy vazifalaringizni bajaring va kitob oʻqishni odat qiling. Bular kun sayin oʻzingizda erkinlik his qilishingiz va muvozanat topishingizga yordam beradi.

3. Doʻstlar bilan muloqot qilishning yangi yoʻllarini toping

Ijtimoiy media doʻstlar bilan yaqin muloqotning ajoyib usulidir. Ijodkor boʻling. Masalan, #safehands kabi Tik-Tok tanloviga qoʻshiling. Men oʻsmirlarning ijodini hamisha qadrlamayman. Ammo ijtimoiy mediaga bemalol kirish imkoniyati har doim ham yaxshi fikr emas. Bu baʼzan xavotiringizni kuchaytirishi mumkin. Ota-onangiz bilan kundalik jadval tuzishni maslahat beramiz.

4. Oʻzingizga eʼtibor qarating

Qanday qilib yangi narsalar yaratishni, yangi kitob mutolaasini boshlashni yoki musiqa asbobini mashq qilishga vaqt ajratishni oʻrganishni xohlaysizmi? Hozir ayni vaqtidir. Oʻzingizga eʼtibor qaratish va vaqtingizdan unumli foydalanish yoʻllarini izlash bu sizning ruhiy salomatligingiz uchun juda foydali. “Men oʻqishni istagan kitoblar” va “men bajarishni istagan narsalar” roʻyxatingizni tuzing.

5. Tuygʻularingizni jilovlang

Doʻstlaringiz bilan oʻtadigan tadbirlaringiz, sevimli mashgʻulotlaringiz yoki sport oʻyinlaringiz kabilardan maxrum boʻlish sizni umidsizlikka tushirishi mumkin. Bu “katta yoʻqotishlar” chindan ham oʻsmirlarni qattiq xafa qiladi. Ushbu umidsizlikka qarshi kurashning eng yaxshi usulini bilasizmi? Tuygʻularingizni jilovlang. Ogʻriqli tuygʻular haqida gap ketganda, bu holatdan chiqishning yagona yoʻli – ularni his qilishdir. Xafa qilgan narsalardan xafa boʻling, agar bu tuygʻularni his qilsangiz oʻzingizni tezroq oʻnglay olasiz. Sizning his-tuygʻularingizni qayta ishlash har kim uchun boshqacha koʻrinadi. Ayrim bolalar sanʼat bilan shugʻullanadi, baʼzilari esa doʻstlari bilan suhbatlashishni va sirlarini, qaygʻularini boʻlishishni, ular birgalikda boʻlolmaydigan vaqtni oʻzaro bogʻlashni istaydilar. Eng muhimi, oʻzingizga mos keladigan narsani qiling.

6. Oʻzingizga va atrofingizdagilarga mehribon boʻling

Baʼzi oʻsmirlar koronavirus tufayli haqorat va urushlarga duch kelayotganini eshitamiz gohida. Bolalar va oʻsmirlar turli mish-mishlarga duch kelmasligi kerak, aksincha, ularni bir-biriga yordam berishiga yoki kattalarga murojaat qilishiga undashimiz kerak.

Agar siz doʻstingizning kaltaklanishiga guvoh boʻlsangiz, yordam koʻrsatishga harakat qiling. Hech narsa qilmaslik odamni hamma ularga qarshi ekanligini yoki hech kim unga ahamiyat bermayotganini anglatishi mumkin. Sizning soʻzlaringiz koʻp narsani oʻzgartishi mumkin. Oʻzingizga va atrofingizdagilarga mehribon boʻling. Yodda tuting, hozir biz boshqalarga ulashadigan va gapiradigan narsalar haqida har qachongidan koʻra koʻproq oʻylashimiz kerak.

UNICEF rasmiy sayti asosida

Yulduz OʻRMONOVA tayyorladi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?