Oʻsmir bokschilarimiz Osiyo chempionatida birinchi boʻlishdi
Dubay shahrida boks boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetib bormoqda.
29-avgust kuni musobaqa doirasida oʻsmirlar oʻrtasida final bahslari tashkil etildi. Quvonarlisi, chempionatning oʻsmirlar oʻrtasidagi janglari yakuniga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari birinchi boʻlishdi. Bu haqda Oʻzbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Yigitlarimiz musobaqada 6 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor boʻlishdi.
Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor boʻlishdi:
Oltin:
-50 kg: Hojiakbar Mahmudov
-60 kg: Javohir Ummataliyev
-63 kg: Lazizbek Toʻlqinov
-66 kg: Fazliddin Erkinboyev
-70 kg: Shavkatjon Boltayev
-81 kg: Sardorbek Tursunov
Kumush:
-52 kg: Abdulloh Madaminov
-54 kg: Mironshox Norqosimov
-57 kg: Dalerjon Bozorov
-75 kg: Mizrob Nekboyev
Bronza:
-46 kg: Baxtiyor Yaxshiboyev
Ikkinchi oʻrinni qozogʻistonlik bokschilar band etishgan boʻlsa, kuchli uchlikka hindistonlik bokschilar yakun yasashdi. Yana bitta oltin medalni esa Eron vakili qoʻlga kiritdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring