Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)

19:44 02 Sentyabr 2018 Sport
6928 1

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida munosib ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi delegatsiyasi bugun Toshkentga qaytib kelishdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida sportchilarimizning Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat vakillari, sport mutasaddilari, ommaviy axborot vositalari va muxlislar kutib olishdi.

Kutib olish marosimida soʻz olgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov sportchilarimizni gʻalabalari bilan tabriklab, ularning mustaqilligimizning 27 yilligiga munosib sovgʻa hozirlaganliklarini alohida eʼtirof etdi. Prezidentimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilgan keng imkoniyatlar, sportga qaratilgan katta eʼtibor mevasi aynan Indoneziyada yana bir bor yaqqol namoyon boʻlgani alohida taʼkidlab oʻtildi.

Tadbirda shuningdek, uch karra Osiyo oʻyinlari chempioni Svetlana Radzivil, delegatsiya bayroqdori, Osiyo oʻyinlari chempioni Isroil Madrimov soʻz olib oʻz gʻalabalarini mustaqillik bayramiga bagʻishlashdi.

Shundan soʻng qahramon sportchilar joylashgan maxsus sayyohlik avtobus korteji Toshkent koʻchalari boʻylab sayrga chiqdi. Koʻchalarda muxlislar chempionlarni olqishlar bilan kutib olishdi.

 

Suratlar muallifi: Hasan Paydoyev, Xalq soʻzi 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Nodir Temirov

Алмурат Мамадаминов (muhammad_amin@inbox.ru):

Тасанно, Ҳасан!

22:46   02.09.2018