Osiyo chempionatining bugungi kuni velosportchilarimizning benefisiga aylandi
Tailandda oʻtayotgan veloshosse boʻyicha Osiyo chempionatining bugungi kuni Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. 23 yoshgacha boʻlgan sportchilar va ayollar oʻrtasida individual vaqt poygasi yoʻnalishida hamyurtlarimiz 2 ta oltin va 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.
Har ikki yosh toifasida ham sportchilar 30 km masofada bellashishdi. Terma jamoamiz yetakchisi Olga Zabelinskaya ayollar bahsda raqibalaridan bir bosh ustunligini namoyish qilib, eng yaqin taʼqibchisi koreyalik atletni 2 daqiqadan ortiq vaqt bilan ortda qoldirdi.
Shuningdek, 23 yoshgacha boʻlgan sportchilar poygasida Yanina Kuskova oltin, Yevgeniya Golotina bronza medallariga sazovor boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring