Osiyo chempionatini uchta medal bilan boshladik

17:19 19 Iyul 2022 Sport
482 0

Poytaxtimizda oʻtkazilayotgan oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida terma jamoamiz dastlabki medallariga ega boʻldi. Ularga -55 kg. vazn toifasidagi oʻsmir qizlar bahsida qatnashgan Layloxon Polvonnozirova egalik qildi.

Yurtdoshimiz dast koʻtarish mashqida 70 kg. bilan kumush medalga sazovor boʻldi. Siltab koʻtarishda 91 kg., ikki kurash boʻyicha esa 161 kg. natija bilan har ikki yoʻnalishda bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

Oʻsmirlar oʻrtasida OCH
Qizlar, -55 kg:
1. Lua Kim (Vyetnam) – 170 (77+93) kg.
2. Kamalakar Nikita (Hindiston) – 163 (68+95) kg.
3. Layloxon Polvonnozirova (Oʻzbekiston) – 161 (70+91) kg.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?