Osiyo chempionatida Oʻzbekiston vakillari 13 oltin medalni qoʻlga kiritdi

18:53 09 Sentyabr 2022 Sport
1059 0

Tayland shahrining Chonburi shahrida kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi. Nufuzli musobaqada kurash vatani polvonlari ham munosib ishtirok etib, 13 ta oltin,1 ta kumush va 4 ta bronza medalini qoʻlga kiritdilar. Oʻsmir yoshlarimiz va qizlarimiz tom maʼnoda oʻzbek nomini yana bir bor munosib himoya etib, Osiyo qitʼasida tengsiz ekanliklarini namoyon qildilar.

Musobaqa yakunida Choriyev Xurshidbek, Gʻaybullayev Hayotbek, Mavlonberdiyev Nodirbek, Ziyodullayev Ahror, Xudoynazarov Jasur, Hamidov Asror, Xolmatova Maftuna, Hamidova Shahlo, Dehqonboyeva Dilola, Qahhorova Komila, Turdiyeva Muxlisa, Adasheva Ravzaxon va Kamoliddinova Pokizaxon oltin medallarni qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, Husanova Sitora kumush, Sadinov Quvonch, Joʻrayev Abdulaziz, Gʻaniyev Ogʻabek, Najimova Aziza bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

Muzaffar polvonlarimiz va Oʻzbekiston delegatsiyasi 10-sentyabr kuni yurtimizga qaytib kelishadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?