“Osiyo bolalari” xalqaro sport oʻyinlarida oʻzbekistonlik yosh sportchilar umumjamoa hisobida 2-oʻringa koʻtarildi

14:18 03 Avgust 2022 Sport
535 0

Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati

Rossiyaning Vladivostok shahrida davom etayotgan VII “Osiyo bolalari” xalqaro sport oʻyinlari dasturining 6-kungi musobaqalari oʻz yakuniga yetdi.

Oʻzbekistonlik yosh sportchilar xalqaro sport oʻyinlarida faol ishtirok etib, sambochilarimiz 9 ta, dzyudochilarimiz 4 ta, sohil voleybolidagi sportchilarimiz 1 ta sovrinli oʻrin bilan umumiy medallar jamgʻarmasini yana boyitishdi.

Yettinchi kungi bellashuvlarni Oʻzbekiston sport delegatsiyasi 25 ta oltin, 18 ta kumush hamda 28 ta bronza, jami 71 ta medal bilan qarshilashmoqda.

Bugungi bahslar sarhisobiga koʻra, vatanimiz yosh sportchilari 12 ta davlat, Rossiya Federatsiyasining 8 ta alohida jamoasi orasidagi oʻrnini bir pogʻona yaxshilab oldi. Kecha hamyurtlarimiz 3-oʻringa koʻtarilishgan boʻlsa, bugun 2-oʻrinni egallab turibdi.

Eslatib oʻtamiz, ertaga, 4-avgust kuni “Osiyo bolalari” sport oʻyinlari dasturiga binoan sportchi yoshlar badminton, kamondan otish, boks, mini-futbol yoʻnalishlaridagi saralash bahslarida qatnashsa, dzyudo, mast-restling, oʻq otish sport turlarida medallar uchun kurash olib borishadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?