Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti 1,6 mlrd soʻmlik laboratoriya va texnikalar bilan taʼminlandi

16:06 29 Iyul 2022 Jamiyat
600 0

Foto: Illustrativ foto

Bu haqda AOKAda institut direktori maslahatchisi Boqojon Murodov ishtirokida oʻtkazilgan brifingda maʼlum qilindi.

Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti 2022-yilning birinchi yarim yilligida 1,6 mlrd soʻmga laboratoriya va texnika jihozlari bilan taʼminlandi.

Institut Italiyaning “SigmaItaly” kompaniyasi bilan feromon tutqichlarni ishlab chiqarish boʻyicha, Ispaniyaning KIMITECH kompaniyasi bilan esa mikrobiologik vositalarni aniqlash va ishlab chiqish boʻyicha kelishuv imzolandi.

Institut olimlari tomonidan oʻsimliklarni biologik himoya qilish sohasini avtomatlashtirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish maqsadida oltinkoʻz entomofagini koʻpaytirish inkubatori va trixogrammani tarqatish uskunasi yaratildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?