Ortiqcha qogʻozbozlik va byurokratik toʻsiqlar bartaraf etiladi

16:40 26 Sentyabr 2022 Jamiyat
463 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda fraksiya aʼzolari tomonidan dastlab “Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari tizimi takomillashtirish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasinig ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda muhokama etildi.

Taʼkidlangandek, mazkur qonun loyihasi orqali intellektual mulk sohasidagi qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Xususan, davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni qoʻllash vakolati adliya organlariga berilmoqda.

Qonun loyihasiga koʻra, intellektual mulk obyektlarini roʻyxatga olish jarayonlarida ortiqcha qogʻozbozlik va byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish hamda davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonlarini soddalashtirish maqsadida tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomalarini berish amaldagi tartibdagi 10 kundlik muddatdan bir kunlik muddatga, yaʼni obyekt muayyan davlat reyestrlarida roʻyxatga olingan kunning oʻzida tegishli guvohnoma elektron shaklda QR-kod bilan tasdiqlagan holda berilishi belgilanmoqda.

Shuningdek qonun loyihasida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga tadbirkorlik faoliyati maqsadlaridan, yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan vaziyatlardan tashqari holatlarda davlat xizmatlaridan foydalanishda ularga 50 foizlik chegirma qoʻllanilishi taklif etilmoqda.

Yigʻilishda qonun loyihasi yuzasidan fraksiyaning taklif va mulohazalari bildirilib, qoʻllab-quvvatlandi.

Shundan soʻng fraksiya aʼzolari tomonidan “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi, “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyilari atroflicha koʻrib chiqildi va kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер