Oʻrtachirchiq tumanida dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

15:32 22 Iyul 2021 Jamiyat
670 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oʻrtachirchiq tuman boʻlimi hamda DBQning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.B. xorijda ishlab chiqarilgan tegishli hujjatlari boʻlmagan 2000 quti “Methylprednisolone Sodium Succinate for Injection USP Addsone” nomli dori vositalarini 120 mln soʻmga hisoblab, xaridorga Nurafshon shahridagi avtoturargoh oldida sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?