Oʻrta Osiyoda ilk bor eng koʻp havo shari Surxondaryo osmonida uchirilmoqda

12:14 02 May 2024 Jamiyat
592 0

Surxondaryoda “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali boʻlib oʻtayotgan Turizm kompleksi hamda tumandagi “Alpomish” oʻyingohida havo sharlarini uchirish tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Ushbu turistik tadbirda rang-barang va turli namunalardagi jami 20 ta havo shari Boysun ustidan osmonda qush parvozi balandligida koʻtarilgan.

Eʼtiborlisi, eng koʻp – 20 ta havo shari parvozi Oʻrta Osiyoda ilk bor Surxondaryoda, Boysun osmonida amalga oshirilmoqda.

Maʼlumot uchun, havo shari ilk bor 1783-yil Versalda uchirilgan. Shar 500 metr balandlikkacha koʻtarilib, 4 kilometr masofani uchib oʻtgan. Havo sharining ixtirochilari birinchi boʻlib ixtirolariga hayvonlarni chiqarib sinab koʻrishgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер