“Orqaga qaytaylik dedim”: taʼmirlash xodimlari ustiga mashinani haydab yuborgan shaxsga chora koʻrildi
Samarqand viloyatida yoʻlda taʼmirlash ishlarini olib borayotgan ishchilarning ustiga mashinasini haydab yuborgan fuqaroga chora koʻrildi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, Nurobod tumanida koʻchada ishlayotgan maxsus ekspluatatsiya, montaj boʻlimi xodimlari ustiga fuqaro oʻzining Kia Sonet rusumli avtomobilini haydab, qoʻpol yoʻl qoidabuzarliklarini sodir etgan.
Holat tasvirlangan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, jamoatchilikning eʼtirozlariga sabab boʻldi.
Haydovchi qilgan ishidan pushaymonligini aytib, manziliga shoshayotganligi tufayli bu harakatni sodir etganligini bildirgan.
“Men orqaga qaytaylik dedim. Oʻtgandan keyin ham yigitlarga kechiringlar, biz shoshayotgandik deb aytdim, lekin shu ish boʻlib qoʻydi”, degan voqea joyida mashinada boʻlgan yoʻlovchi.
Haydovchiga nisbatan sud tomonidan 2-yil muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etish hamda BHMning 25 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring