Orolboʻyida oʻquvchi-yoshlarning necha foizi oromgohlarga qamrab olinadi?

Foto: «Халқ сўзи»
Bu haqida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpogʻiston Kengashi tomonidan Moʻynoq tumanidagi “Oq kema” bolalar oromgohida oʻtkazilgan hududiy seminarda maʼlumot berildi.
Seminarda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpogʻiston Kengashi raisi, senator U. Jalmenov boshchiligida tegishli vazirlik va tashkilotlar masʼullari yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish hamda uni yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan dolzarb vazifalarni belgilab olishdi. Shu bilan birga “Oq kema” oromgohida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavsumga tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Maʼlumot berilishicha, yozgi taʼtil mavsumida Orolboʻyining 24 ming 394 nafar oʻquvchi-yoshlari respublika hududlaridagi dam olish markazlarida sogʻlomlashtirilishi rejalashtirilgan. Shundan 11 ta statsionar dam olish markazida 7 ming 644 nafar oʻquvchi taʼtilni maroqli oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻladi. Mavsum davomida Moʻynoq tumanidagi “Oq kema”, Ellikqalʼadagi “Orol bolalari”, Toʻrtkoʻldagi “Lochin”, Taxiatoshdagi “Oydin yoʻl”, Nukus shahridagi “Orol” va “Turon” dam olish markazlari ham minglab bolalarni oʻz bagʻriga oladi.
Shuningdek, mahalliy hokimliklar, korxona-tashkilotlar va homiy tashkilotlar tomonidan Qoʻngʻirot, Qonlikoʻl, Amudaryo va Ellikqalʼa tumanlarida xususiy sanatoriylarda tashkil etilgan sogʻlomlashtirish markazlarida 1 ming 910 nafar oʻquvchi dam olishini taʼminlash moʻljallanmoqda.
Orolboʻyida yozgi sogʻlomlashtirish mavsumi rasman ertaga, yaʼni 3-iyundan boshlanadi va birinchi navbati 12 kun davom etadi.
Sogʻlomlashtirish markazlarida bolalarning qiziqishi va qobiliyatiga qarab toʻgaraklar, mahorat darslari, olimpiadalar, viktorinalar, bilimlar bellashuvlarini oʻtkazib borish koʻzda tutilgan. Shuningdek, taniqli sanʼatkorlar bilan suhbatlar, “Kasaba uyushmalari - bolalarga” aksiyasi doirasida turli qiziqarli tadbirlar tashkil etiladi.
Gʻ. Otajonov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring