Orlov viloyatida safarbarlikka jalb qilinayotgan oʻzbekistonlik mehnat migrantlari haqida tarqalgan xabarlarga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi munosabat bildirdi

Rossiya Federatsiyasining Orlov viloyatida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan oʻzbekistonlik mehnat migrantlarini safarbarlikka jalb qilish uchun chaqiruvlar kelgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar munosabati bilan mamlakatimizning Moskva shahridagi elchixonasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan nazoratga olindi va tashkilot rahbariyati hamda fuqarolar bilan aloqa oʻrnatilib, voqea joyiga yoʻl olindi.
Oʻrganishlar natijasi yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi.
"Shu munosabat bilan, Rossiyadagi oʻzbekistonlik mehnat migrantlaridan harbiy harakatlarga aralashmaslikni, nizoli hududlarga bormaslikni hamda bunday holatlarga duch kelsa, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va boshqa vakolatli tashkilotlarga murojaat qilishlarini soʻraymiz" deyiladi axborotda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring